Photoshopda Olovli Matn
Photoshopda olovli matn tayyorlash bo’yicha juda ham ko’p darslar mavjud. Lekin ushbu mashqda men, sizlarga tayyor olovdan foydalangan holatda ajoyib ko’rinishli, olovli matn tayyorlashni o’rgataman.
Final Natija

1. Xohlagan o’lchamda (katta o’lchamda) qora rangda yangi oyna ochamiz (Ctrl+N).
Type Tool (T) ni tanlaymiz va matnlar orasidan “Trajan Pro” nomli matn turini tanlab, oq rangda matn yozamiz. Agar sizning kompyuteringizda ushbu matn turi o’rnatilmagan bo’lsa, u holda, Mana bu yerdan yuklab olishingiz mumkin.

Menyudan Layer > Layer Style > Outer Glowni tanlaymiz va moslaymiz:

Color Overlay:

Satin:

Inner Glow:

2. Matn yozilgan layer ustiga sichqonchamiz o’ng tugmasini bir marta bosamiz va Rasterize Layer buyrug’ini tanlaymiz. Instrumentlar orasidan Eraser Tool (E) ni tanlaymiz va Radiusni 200px ga moslab, yumshoq chetli (soft rounded) mo’yqalam tanlab, matnning yuqori qismini quyidagi rasmdagidek o’chiramiz.

3. Menyudan Filter > Liquify buyrug’ini tanlaymiz. Bu yerdan Forward Warp Toolni tanlab, quyidagi rasmda ko’rsatilgandek moslaymiz va ushbu asbob yordamida bir oz ishlov beramiz

4. Ushbu rasmni yuklab olamiz va Photoshopda ochamiz. Ctrl+A tugmalarini bosib, Menyudna Edit > Copy yoki Ctrl+C tugmalarini bosamiz va Matn yozilgan oynamiz ustiga o’tib, Edit > Paste yoki Ctrl+V tugmalarini bosamiz.
Layers oynasidan Channels bo’limiga o’tamiz va Green nomli qavat ustiga Ctrl+Sichqonchamiz chap tugmasini bosamiz, va yana layers bo’limiga o’tib, Menyudan Select > Inverse yoki Ctrl+Shift+I tugmalarini bosamiz va Delete tugmasini bosamiz va Menyudan Select > Deselect yoki Ctrl+D tugmalarini bosamiz.


5. Eraser Tool (E)ni tanlaymiz va Radiusni 15pxga moslab, matn atrofini o’chirib chiqamiz

Olovli qavat(layer)ni nusxalaymiz, yani ushbu layerni tanlab, Ctrl+J tugmalarini bosamiz. Ushbu Nusxalangan qavat uchun Blend Modeni Overlayga o’zgartiramiz. Original olov uchun Opacity-30%ga kamaytiramiz.

Ushbu bosqichni bir necha bor takrorlaymiz:

Ana shu holatda matn yozib chiqamiz

6. Ushbu Rasmniyuklab olamiz va Photoshopda ochib, Ctrl+A tugmalarini bosib Ctrl+C va matn yozilgan oyna ustiga o’tib, Ctrl+V tugmalarini bosamiz. Keyin esa ushbu rasmli qavatni Background layer ustiga olib o’tamiz va Ctrl+T tugmalarini bosamiz va o’lchamni oynamiz o’lchamiga moslaymiz.

7. Ushbu rasmli layer ustidan yangi layer ochamiz (Ctrl+Alt+Shift+N) va qora rangda bo’yab olamiz (qora rangni tanlab Alt+Backspace tugmalarini bosamiz). Ushbu layer uchun Opacity-50% ga kamaytiramiz va Eraser Tool (E)ni tanlab pol atrofini o’chirib chiqamiz.

8. Yangi layer ochamiz (Ctrl+Alt+Shift+N). Brush (B) asbobini tanlaymiz va mo’yqalamlar orasida yumshoq radiuslisini tanlab, Ranglar orasidan #ff0096 rangni tanlab, quyidagi rasmda ko’rsatilgandek, 3 ta shakl chizamiz

Blend Modeni Color Dodgega o’zgartiramiz va natija tayyor:

Menda esa mana bunday natija chiqdi:

Endi navbat sizga, qani bir urinib ko’ringchi
Muallif: Johnson Koh
Tarjima: Nodirbek

12. Aug, 2011 




Juda zo’r gap yoq Raxmat
qoyil, juda ajoyib. Raxmat
rahmat sizga men anchadan beri o’rganmoqchi bo’lgan effektni o’rgatdingziz bundan keyingi ishlarizga omad
Вообще клёво!
хмм Гап ё шуни килолмагандим олдин (((
darslikka gap yo!!! Ke4irasila Bu sayt Tas-Ix royhatidami?
Hurmatli fsm, saytimiz Tas-Ix hostingida joylashgan. Saytimizdagi resurslardan bemalol foydalanavering.
Qoyil, Zur o’ylabsizlar,Photoshop dasrliklari ni qayerdan organsam deb yurgan edim.shu saytda mehnati singan barcha insonlarga kattadan – katta rahmat.
Фотошопни кайси версиясидан фойдаландиз???
Манда сиз курсатган функциялар булмаяпти.
масалан: Foward Warp tool йук, кейин яна оловли расмни матн устига олиб бориб Green ни танладим аммо Inverse очилмади.
Hurmatli Турсунбек!

Bu darsimiz Adobe Photoshopning CS3 versiyasi va undan yuqori versiyalar uchun mo’ljallangan. Yuqorida Siz aytib o’tilgan instrument Forward Warp tool esa, faqatgina Filter > Liqufy oynasini ochganizdan keyin chiqadi, ya’ni u quyidagi ko’rinishda bo’ladi:
Inverse ochilmadi deganingiz bir oz tushunarsiz bo’libdi. Bu amalni bajarganingizda hech qanday oyna ochilmaydi. Agar siz menyudan Select > Inverse buyrug’ni tanlashda o’sha buyruq aktivlashmaganligini (highlight) nazarda tutgan bo’lsangiz, unda siz qaysidir bosqichda xato qilgansiz. Quyidagi rasmga diqqa qiling:

Siz ushbu rasmdagi Green nomli qavat ustiga Ctrl+Sichqoncha chap tugmasini bosganingizda olov rasmdan kerakli joyni o’zi qolmoqda, ya’ni faqat Greenga tegishli bo’lgan joylar qoladi, Delete tugmasini bosganingizda esa, o’sha Greendan boshqa qismlar o’chib ketishi kerak!
Hurmatli saytimiz foydalanuvchilari!

Agar saytimizdagi darsliklar tayyorlanish jarayonida yoki mavjud darslar tarjima jarayonida xatolar kelib chiqqan bo’lsa, buning uchun sizlardan uzr so’raymiz. Ushbu Darsda Brush (B) asbobida ishlash jarayonida tushunmovchilik kelib chiqqanligi uchun, bir oz izoh berib o’tishni ma’qul ko’rdik. Ushbu darsdagi 8-bosqichda Yumshoq mo’yqalam atamasiga bir oz ta’rif berib o’tsak. Bu yerda yumshoq chetli, yoki yumshoq (soft rounded) yoki qirrali, qattiq chetli (hard rounded) deyilishiga sabab, Photoshop dasturida ishlash jarayonida Brush (B) asbobini tanlagandan keyin obyekt ustiga sichqonchamiz o’ng tugmasini bosganimizda Brushlar to’plami chiqadi, ularni tarkibida quyidagilar mavjud:
Bu yerda 1-tarafdagi brushlar qattiq chetli (hard rounded) hisoblanadi. 2-rasmdagisi esa yumshoq (soft rounded) hisoblanadi.
Qo’shimcha to’ldirishlar qilganingiz uchun rahmat.
Nodirbek CS5 ishlataman nimagadir juda qotib ishlaydi nimadan bo’lar ekan
Nodirbek aka.Mani iltimosim nima boldi aka. Hech o’xshata olmayomman.Nimadirlarini o’takazib yuboryapman shekilli. Iloji bolsa video darslik holatida qilib bersangiz.Sizdan iltimos
nimaga bu rasmlarini ochmayapti iltimos shu bugun ochvorinla
Hurmatli, Lazizbek, bunga sabab, texnik nosozliklar hisoblanadi. Buning uchun foydalanuvchilardan uzr so’raymiz.
nodirbek aka iltimos olovli rasmni ochvoring iltimos
xammasi tayyor shu rasm kerak
raxmat ishlaringizga rivoj
nodirbek aka yangisidan bo`vottimi ? qachon chiqadi.
nodirbek aka iltimosim nima bo`ldi. 1 oyan beri kutaman shu rasmni ochvoring iltimos !!!
Shu kunlarda Nodirbek internetga kirish imkoniga ega emas, o’qishlari va ba’zi muammolari bilan bo’lib vaqt ajrata olmayapti. Uni to’g'ri tushunasiz degan umiddaman.
хурматли нодирбек оловнинг расини кучира олмаяпман, http://mystream.uz га регистрация булиш керакми, мен регистрация кила олмаяпман, мумкин булса шу оловнинг расмини dsenmkum@mail.ru почтасига ташлаб берсангиз, илтимос