Photoshopda “Grafitti”

Aynan shu mashqda, Photoshopda qanday qilib, devorga xuddi bo’yoqlar yordamida matn yozilganday effect tasvirlaymiz.

 

Final Natija

1.  Dasturni ishga tushiramiz va orqa fon uchun mos rasm tanlab olamiz.

2.  Endi ushbu rasmga logotip yoki matnli rasm joylaymiz.

Yodda tuting, matn yozmaymiz. Mattni oldin yozib,  orqa fonni  o’chirib, PNG formatda saqlab olib, keyin Photoshopda ochamiz va ushbu matnli rasmni Ctrl+A tugmalarini bosish orqali belgilab, menyudan Edit > Copy yoki Ctrl+C va keying oynaga o’tib,  Ctrl+V tugmalarini bosamiz.

3.  Menyudan Edit > Transfrom > Perspective buyrug’ini tanlab, quyidagi holat kelib chiqquncha moslaymiz:

4.  Endi yana menyudan Edit > Free Transform buyrug’ini tanlaymiz yoki Ctrl+T tugmalarini bosib, yon tomonlardan bir oz o’lchamni kichraytiramiz

Layers oynasidan ushbu qavat (layer) uchun Blend Modeni Overlayga o’zgartiramiz:

Natija:

5.  Yozuvimiz chetlari hali ham qirrali ko’rinishda turibdi, bunday ko’rinish tabiiy emasligidan darak bermoqda. Buni tuzatish uchun. Ushbu layerni nusxalaymiz (Ctrl+J) va nusxalangan layerni Move Tool (V) yordamida original layer ostiga olib o’tamiz.

Filter > Blur > Gaussian Blur:

Tasvir yanayam real holatga kelishi uchun, Asboblar orasidan Erasier Tool (E) ni tanlaymiz va devorimizning buzilgan joylaridagi matnni bir oz o’chirib chiqamiz.

Natija:

Kattalashtirilgan holatdagisini ko’rish uchun shu yerga Bosing!

Muallif: dreamdealer

Tarjima: Nodirbek

2 Responses “Photoshopda “Grafitti””

  1. Berilayotgan ma’lumotlar va video darslar zo’r. Menga shu darslarni tashlab berolmiysizmi?

  2. Juda zo’r.Manga yoqdi